Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Eksport salohiyati va diversifikatsiya
Eksport salohiyati va diversifikatsiya

Viloyat hokimligida "Mintaqalarning eksport salohiyatini yanada diversifiktsiyalashni qo’llab-quvvatlash: amaliyot va muammolar" mavzuida ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tdi.

Anjuman O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Tashqi siyosat masalalari qo’mitalarining viloyat hokimligi bilan hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda viloyatdan saylangan senatorlar, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, soliq, bojxona organlari mutasaddilari ishtirok etdi.

Konferentsiyada respublika Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi raisi F.Umarov, viloyat hokimi o’rinbosari H. G’oyirov, viloyat prokurori M. Azimov, viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig’i H.To’raev va boshqalar so’zga chiqdilar.

Ta’kidlandiki, davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqarishni rivojlantirish, jumladan uni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish asosida eksportga yo’naltiriladigan raqobatbardosh mahsulotlarni ko’paytirish, eksportchi sub’ektlarni qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimizning 2015 yil 15 mayda qabul qilingan "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni va Yurtboshimiz tomonidan imzolangan "O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi Qonun bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarishda muhim dasturilamal hisoblanadi.

Konferentsiyada viloyatimiz sanoat korxonalarining eksport salohiyati oshib borayotgani ta’kidlandi. Masalan, o’tgan yil ular tomonidan 376,2 million AQSh dollari miqdorida mahsulot va xizmatlar eksport qilindi. Bu 2013 yilga nisbatan qariyb 23 million AQSh dollaridan ziyoddir. Xorijiy bozorda o’z o’rinlariga ega bo’layotgan hududiy korxonalar soni keyingi to’rt yilda ko’payib, 70 taga etdi. Ular tomonidan o’tgan yili 67,5 million AQSh dolari miqdorida mahsulot eksport qilingan bo’lsa, joriy yilning to’qqiz oyida bu ko’rsatkich 90,2 million AQSh dollarini tashkil etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, diversifikatsiya siyosati izchil amalga oshirilayotgani xorijga chiqarilayotgan tovarlar tarkibi o’zgarib borayotganida ham namoyon bo’lmoqda. Agar jami eksport salmog’ida paxta tolasining ulushi 2004 yilda 87,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2014 yilda bu ko’rsatkich boshqa mahsulot va xizmatlar hisobiga keskin kamayib, 44,6 foizdan oshmadi.

Viloyatda eksport tarkibini yanada diversifikatsiyalash va qo’shilgan qiymat darajasi yuqori bo’lgan tovarlar ulushini oshirish dasturi ishlab chiqilgan.

—Biz joriy yil 9 oyida 1,5 million AQSh dollari miqdorida ip-kalava eksport qildik,—deydi Buxoro shahridagi "Ark Eko tekstil" korxonasi rahbari Sobir Xudoyberdiev.—Shu tufayli soliq va bojxona qonunchiligida ko’zda tutilgan imtiyozlar evaziga aylanma mablag’larimiz ko’paydi. Jamoamiz ayni paytda diversifikatsiyalash hisobiga ip-kalavaning bir qismini qayta ishlab, undan tayyor mahsulot—mato ishlab chiqarish choralarini ko’rayapti. 2016 yil ikkinchi choragidan boshlab, yil oxirigacha 1,1 million AQSh dollari miqdorida gazlama eksport qilamiz.

Viloyatda kelgusi yilda meva-sabzavot va boshqa dehqonchilik mahsulotlarini eksport qilishni ko’paytirish choralari ko’rilayotir.

Ilmiy-amaliy anjumanda echimini kutayotgan dolzarb masalalar ham jiddiy muhokama etildi. Mahalliy hokimliklarning mintaqalar mavjud iqtisodiy-investitsiyaviy salohiyatidan to’laqonli foydalanish orqali xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, mavjud mineral resurslar va xomashyo negizida yangi loyihalarni amalga oshirish borasida sustkashligi tanqid qilindi.

Ayni paytda konferentsiyada sanoat korxonalarini keng miqyosda modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksport salohiyatini oshirish, ishlab chiqarishga zamonaviy ilmiy yutuqlar va ilg’or innovatsion texnologiyalarni jadal tatbiq etishni kengaytirish bo’yicha qonunchilikni takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Jumladan, shiddat bilan rivojlanayotgan mamlakatimiz iqtisodiyoti 1991 yilda qabul qilingan "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini yangi tahrirda qabul qilishni, erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan "Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to’g’risida"gi yangi qonunni ishlab chiqishni kun tartibiga qo’ymoqda.

Ilmiy–amaliy anjumanda mintaqalar eksport salohiyatini yanada diversifikatsiya qilishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Konferentsiyada viloyat hokimi Muhiddin Esanov ishtirok etdi.

Orqaga Chop Etish  578 |   17-11-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation