Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Yarim yillik yakunlari muhokamasi
Yarim yillik yakunlari muhokamasi

Joriy yilning 22 iyul kuni viloyat faollarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda viloyatdan saylangan Oliy Majlisi Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, shaharlar va tumanlar hokimlari, huquqni muhofaza qilish organlari, viloyat tashkilot va boshqarmalari hamda yirik sanoat korxonalari rahbarlari, siyosiy partiyalar kengashlari raislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, tadbirkorlar vakillari va viloyatga respublikadan biriktirilgan vazirlik, idora, xo’jalik birlashmalari rahbarlari, shuningdek shahar va tumanlar studiyalarida ushbu hududlar hokimlarining  kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo’jalik va obodonlashtirish hamda iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Yig’ilishni viloyat hokimi M. Esanov boshqarib bordi.

Yig’ilishda 2016 yilning 1-yarim yilligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so’zsiz ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risidagi masala muhokama etildi.

Ta’kidlanishicha, 2016 yil I yarim yilligida respublika miqyosida qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar viloyatda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani izchil rivojlantirish hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy omili bo’ldi.

Xususan, hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot 4 trillion 493,8 milliard so’m, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 trillion 899,9 milliard so’m, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish 1 trillion 451,3 milliard so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan tegishli ravishda 108,3 foiz, 110,3 foiz, 113,8 foizga o’sdi. Shuningdek, yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi 106,5 foizga, qurilish ishlari 112,4 foizga, chakana savdo aylanmasi 115,2 foizga, aholiga jami xizmatlar ko’rsatish 115,1 foizga o’sgani kuzatildi.

Kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 59,5 foizni, sanoatda 47,2 foizni, qishloq xo’jaligida 97,7 foizni, qurilishda 70,4 foizni, chakana savdoda 91,9 foizni va aholi bandligida 78,2 foizni tashkil etmoqda. Joriy yilning I yarim yilligida 966 ta yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etilib, ularning soni 12907 taga yetdi.

Bandlik dasturiga asosan 36,7 mingga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi, shundan 30 mingtasi yoki 81,7 foizi qishloq joylariga to’g’ri keladi. Hisobot davrida 27066 nafar bitiruvchilarning bugungi kunda 26914 nafari (99,4%) bilan to’rt tomonlama shartnomalar imzolandi.

Mahalliy byudjet daromadlar rejasi 545 milliard 368 million so’mga yoki 100,6 foizga, xarajatlar ijrosi 572 milliard 638 million so’mga yoki 95,1 foizga bajarilishi ta’minlandi.

“Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida barcha manbalar hisobidan 222,0 milliard so’m va 3,3 million AQSh dollari miqdorida mablag’lar yo’naltirildi, belgilangan tadbirlarning ijrosi to’liq ta’minlandi.

Shu bilan birga, erishilgan natijalar qatorida, iqtisodiyot sohalarida yo’l qo’yilgan qator hato va kamchiliklar, foydalanilmagan imkoniyatlar e’tirof etildi.

Ammo shu barobarida mahalliylashtirish dasturi ijrosi, hududiy eksport hajmi belgilangan prognoz ko’rsatkichidan anchayin past natijani qayd etdi.

Yig’ilishda ushbu kamchiliklar qayd etilish asnosida ularni bartaraf etish borasida ishlab chiqilgan istiqboldagi rejalar tahliliga ham alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, tasdiqlangan dasturlarga asosan joriy yilning 2-yarmida sanoat sohasida umumiy qiymati 190,7 milliard so’mlik 346 ta loyihalarni amalga oshirish hamda bu orqali 6766 ta yangi ish o’rinlari tashkil etish talab etiladi.

Shuningdek, yig’ilishda 2016 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan muhandislik-kommunikatsiya, yo’l-transport va ijtimoiy soha ob’ektlarining foydalanishga topshirish, eksport qilinayotgan mahsulotlar turlari va hajmlarini kengaytirish, mahalliy tovarlarni sotishning yangi xorijiy bozorlarini o’zlashtirish, shu asosda 2016 yilgi eksportning, ayniqsa meva-sabzavot mahsulotlari eksportining prognoz parametrlari so’zsiz bajarilishini ta’minlash, iqtisodiyotda davlatning ulushini qisqartirish va xususiy mulkni mustahkamlash, aktsiyadorlik jamiyatlaridagi aktivlarni va davlat ulushini xorijiy investorlarga sotish, birinchi navbatda yangi tashkil etilgan tuzilmalarga e’tibor bergan holda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar ijrosi ham muhokama etildi.

Unda kommunal va yo’l tarmoqlari, infratuzilma hamda ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi, yangi ish o’rinlarini yaratish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, eksport hajmini ko’paytirishda yangi manbalardan foydalanish, bank muassasalari tomonidan qo’yilayotgan byurokratik to’siqlar hamda boshqa sohalar faoliyatidagi kamchiliklar tahliliga ham e’tibor qaratib, qoloqlikka yo’l qo’ygan tegishli soha mutasaddi rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlariga ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan bir qator boshqarmalar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, tuman va shaharlar hokimlari so’zga chiqdilar.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari G’. Ibragimov qatnashdi va so’zga chiqdi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  336 |   23-07-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation