Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Yil yakunlari sarhisobi
Yil yakunlari sarhisobi

Joriy yil 20 yanvar kuni Buxoro viloyati faollarining 2015 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yil va keyingi yillarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga bag’ishlangan yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Dastlab yig’ilish kun tartibidagi masalalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari  R. Azimov ma’ruza qildi.

Unda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligiga qaramay, 2015 yilda iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalari hamda chuqur tarkibiy o’zgartirishlar, xususiy mulk va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash bo’yicha har tomonlama puxta Dasturning izchil va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot o’sishining barqaror va yuqori sur’atlariga hamda makroiqtisodiy muvozanatga erishilganligi qayd etildi.

Ma’ruzada viloyatning 2015 yildagi iqtisodiy tahlillariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, o’tgan yil yakunlari bo’yicha viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 107,5 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 108 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari 107 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi 111,7 foizga oshdi.

Mulkchilik tarkibini tubdan o’zgartirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, korporativ boshqaruvning prinsiplari va yondashuvlarini o’zgartirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar, keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning kafolatlarini kuchaytirish va ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini “yagona darcha” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatadigan Yagona markazlar orqali tashkil etish va amalga oshirishni soddalashtirish va yengillashtirish bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlarning turkumi qabul qilinishi kabi soha rivoji yo’lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznesning viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 67,4 foizga, sanoatdagi ulushi 32,6 foizga yetdi. Hisobot yilining o’zida 1476 ta kichik biznes sub’ekti tashkil etildi.

Viloyatda 2015 yilda moliyalashtirishning barcha manbaalari hisobidan 3 trillion 878,4 milliard so’mlik (102,1%) kapital mablag’lar o’zlashtirildi, shundan, 3 trillion 337,3 milliard so’m (86,0%) markazlashtirilmagan hamda 541,1 milliard so’m (14,0%) markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga to’g’ri keldi. Ushbu mablag’larning 1 trillion 458,6 milliard so’mi xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi.

2015 yilda 99,5 milliard so’mlik markazlashgan byudjet mablag’lari hisobidan jami 87 ta ob’ektlar, shundan 11 ta sog’liqni saqlash ob’ektlari, 32 ta umumta’lim maktablari, 10 ta kasb-hunar kollejlari, 5 ta bolalar sporti ob’ektlari, 24 ta qishloq aholi punktlarini toza ichimlik suvi va 5 ta boshqa ijtimoiy soha ob’ektlari qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Hisobot yilida viloyatning 24 ta massivida 923 ta namunaviy loyiha asosida uy-joylar qurilib, ushbu massivlarga 50,4 kilometr suv tarmoqlari, 23,2 kilometr elektr tarmoqlari, 37,1 kilometr gaz tarmoqlari va 22,3 kilometr ichki yo’l asoslari qurilgan.

Bandlik dasturi doirasida 74 mingtadan ortiq ish o’rinlari tashkil etildi, ulardan 70 foizdan ziyodi qishloq joylardadir, kasb-hunar kollejlarining 25,6 ming nafar bitiruvchilari ishga joylashtirildi.

Agrar sektorda chuqur tarkibiy o’zgartirishlar yuz bermoqda. Viloyatda paxta va g’alla sotish shartnomaviy rejalari oshirib bajarildi. Meva-sabzavotchilik, bog’dorchilik, uzumchilik va chorvachilik, shuningdek, ularning mahsulotlarini sanoat yo’li bilan qayta ishlash jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.

Xizmat ko’rsatish va servis sohasining jadal rivojlanishi ta’minlandi. Pullik xizmatlar hajmi 110,1 foizga, chakana tovar aylanmasi 114,6 foizga o’sdi.

 “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining barcha tadbirlarini amalga oshirish ta’minlandi. Davlat dasturi tadbirlarini moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan 181,1 milliard so’m va 132,5 ming AQSh dollardan ortiq mablag’ yo’naltirildi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining birinchi o’rinbosari o’z ma’ruzasida viloyatda mavjud hal etilmagan muammolarni batafsil va har tomonlama tahlil qilishga alohida e’tiborni qaratdi hamda islohotlarni davom ettirish, tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning dasturiy vazifalariga, shuningdek uning 2016 yilda eng muhim ustuvor yo’nalishlariga batafsil to’xtalib o’tdi.

Bir qator boshqarma va idoralar rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari oldiga boshlab yuborilgan tizimli demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo’jaligida chuqur tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishni davom ettirishga, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashga, xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni ildam rivojlantirish va manfaatini himoyalashga, muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini, ijtimoiy sohani jadal rivojlantirishga, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar qo’yildi.

Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, kichik biznes sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag’batlantirish bo’yicha aniq vazifalar belgilandi.

Rahbarlarning e’tibori iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, investitsiyalar kiritish va ob’ektlarni ishga tushirishning joriy yilga belgilangan prognoz ko’rsatkichlariga so’zsiz erishish uchun barcha mavjud imkoniyatlar va zaxiralarni ishga tushirish, shuningdek, ishlab chiqarishni uzluksiz texnologik yangilash, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini muvozanatli hamda kompleks rivojlantirish zarurligiga qaratildi.

Bu yil Sog’lom ona va bola yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan ushbu yil uchun mo’ljallangan maqsadlar va vazifalarga erishish bo’yicha dasturiy chora-tadbirlarni, shu jumladan, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini kuchaytirish, perinatal va skrining markazlari, patronaj xizmatlarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, yosh onalar va bolalarni parvarish qilish darajasi va sifatini oshirish, oilalarda sog’lom ma’naviy muhitni yaratish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Yig’ilishda viloyat hokimi M. Esanov hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalari yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlariga hisobot berdi.

Yig’ilishda viloyat hokimining o’rinbosarlari, kun tartibiga qo’yilgan boshqarma va idoralar rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlarining hisoboti eshitildi. Muhokama qilish yakunlari bo’yicha 2016 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini ta’minlashga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan qaror qabul qilindi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  564 |   22-01-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation