Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Qorako’ldagi litseyni jahonda bilishadi
Qorako’ldagi litseyni jahonda bilishadi

Buxoro davlat universiteti qoshidagi 3-son Qorako’l akademik litseyi tashkil topganiga 25 yil to’ldi. Shu munosabat bilan bu yerda tantanali marosim bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Muhiddin Esanov so’zga chiqdi. Ta’kidlandiki, mamlakatimiz Prezidentining tashabbusi bilan ta’lim tizimida ham keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Sohaning moddiy-texnika bazasi mus­tahkamlanishi, ilg’or pedagogik usullar, zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi yoshlar qobiliyatlarini rivojlantirishda, ularga o’z iste’dodlarini namoyon etgan holda hayotda munosib o’rin topishlarida muhim omil bo’lmoqda. Fao­liyatini ixtisoslashtirilgan maktab-internat shaklida boshlab, ­keyinchalik akademik litsey maqomiga ega bo’lgan ta’lim muassasasi tajribasi ham bu fikrga yaqqol dalil.

Muvaffaqiyat o’ziga xos tizim mahsuli hisoblanadi. Mazkur akademik litseyda yoshlarni o’z ustida ishlashga yo’naltira oladigan tajribali va izlanuvchan o’qituvchilar jamoasi shakllangan. Bu ta’lim samaradorligi muhim omillaridan biri. Akademik litsey o’quvchilari bilim darajasi yuqori. Har yili bitiruvchilarning 85-87 foi­zi oliy o’quv yurtlariga kirishadi. Ularning ­bilimi xalqaro va jahon fan olimpiadalarida ham munosib e’tirof etilgan va etilmoqda. O’tgan 25 yil davomida akademik litsey o’quvchilaridan 35 nafari matematika, informatika, kimyo va boshqa fanlar bo’yicha o’tkazilgan ana shunday maqomdagi bilimlar ko’rigida 35 ta medalni qo’lga kiritdi. Mazkur ta’lim muassasasida o’qish istagini bildiradiganlar ko’payib bormoqda. Ayni paytda akademik litseyda mamlakatning deyarli barcha viloyatlari va Toshkent shahridan kelgan o’g’il-qizlar bilim olishayapti.

Orqaga Chop Etish  1638 |   12-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation