Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Buxoroda Koreya Respublikasi festivali
Buxoroda Koreya Respublikasi festivali

Janubiy Koreya va O’zbekiston. Istiqlol yillarida bu ikki mamlakatning hamkorligi, do’stona munosabatlari izchil rivojlanib, ayniqsa, madaniy-ma’rifiy aloqalari mustahkamlandi. Bir necha yillardan beri yurtimizda o’tkazib kelinayotgan Koreya Respublikasi festivali bu aloqalarning yanada ravnaq topishiga asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Viloyatimizda ham Koreya Respublikasi elchixonasining tashabbusi bilan joriy yilning 19-22 oktyabr kunlari ana shunday festival tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimi viloyat musiqali drama teatrida bo’lib o’tdi. Unda so’zga chiqqan Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U o’z dil izhorlarini o’zbek tilida bayon etar ekan, xalqlarimizning mehnatsevarlik, halollik, fidoyilik fazilatlari, milliy an’analarga sodiqlikdek ibratli qadriyatlari mushtarak ekanini qayd etdi. Do’stona munosabatlar rivojida madaniy-ma’rifiy aloqalar mustahkam ko’prik vazifasini o’tashi, bunda ayniqsa, san’atning o’rni beqiyos ekanini ta’kidladi. O’z o’rnida tadbirni tashkillashtirishga yaqindan ko’maklashgani uchun viloyat hokimligiga alohida minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, marosimda viloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Zulfiya To’yeva so’z olib, xalqlarimiz o’rtasidagi havas qilarli aloqalarni yanada mustahkamlash g’oyat muhim vazifa ekani xususida to’xtaldi.

Aytish joizki, viloyatimizda bu yil ilk marta o’tkazilgan Koreya Respublikasi festivali dasturi ko’rgazmalar, konsertlar, kinofilmlar namoyishi va boshqa ko’ngilochar tadbirlarga boy bo’ldi. Musiqali drama teatrida tashkillashtirilgan konsertda "Koryo" ansamblining milliy raqs va musiqiy chiqishlari, shuningdek, zamonaviy raqsning "B-boy" uslubida ijod qilayotgan guruh dasturi yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir doirasida Janubiy Koreya kinoijodkorlarining festival uchun taqdim etgan "Otamga qasida", "Himolay", "Detektiv K", "Meni tut" singari filmlari namoyishi ham bo’lib o’tdi. Oilaviy qadriyatlar tarannum etilgan, mustahkam irodaga ega qahramonlar taqdiri aks ettirilgan, jinoyatchilarga qarshi kurash mavzulariga qaratilgan ushbu kinofilmlar san’at ixlosmandlariga manzur bo’ldi.

Ayniqsa, viloyatimizning yosh ijodkor o’quvchilari orasida tashkillashtirilgan "Koreya va O’zbekiston do’stligi" nomli rasmlar tanlovi ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. Unda musiqa va san’at maktablari o’quvchilari, "Barkamol avlod" markazlari to’garaklari a’zolari, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari ishtirok etdilar.

—O’z chizgilarimda koreys va o’zbek qizlarining birgalikda kabutar uchirayotgan holatini tasvirladim,—deydi Buxoro shahridagi 5-bolalar musiqa va san’at maktabi o’quvchisi Sevara Rahmonova.—Ularning ortida esa Yer kurrasi yastanib yotibdi. Bu—mamlakatlarimiz yoshlari butun dunyoda tinchlik bo’lishini, xalqlarimizning o’zaro do’stligi uzoq yillar davom etishini istashiga ishoradir.

—Tasvirlarimda ikki mamlakatning qadimiy obidalari va ular oldida raqsga tushayotgan raqqosalar aks ettirilgan,—deydi yana bir ishtirokchi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi viloyat ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o’quvchisi O’lmas Saidmurodov.—Bu—madaniyatlarimiz mushtarakligi, do’stona aloqalarimiz qadim tarixga ega ekanligi va uning bardavom bo’lishini bildiradi. Tanlovda 1-o’rinni egalladim va maxsus diplom hamda sovg’a bilan taqdirlandim.

Festival doirasida koreys milliy o’yinlari, "Hanbok" milliy kiyimi namoyishi, shuningdek, "Orion", "Samsung electronics", "Navoi beauty cosmetics", "Keymdo cosmetics" singari bir qator kompaniyalarning mahsulotlari ko’rgazmasi ham tashkil etildi.

Orqaga Chop Etish  433 |   25-10-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation