Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Buxoroda yoshlarning yangi yetakchisi saylandi
Buxoroda yoshlarning yangi yetakchisi saylandi

Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashining ilk yig`ilishi bo’lib o’tdi.

Yig`ilishda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O’. Barnoev qatnashdi va so’zga chiqdi.

- Joriy yilning 30 iyun kuni bo’lib o’tgan muhtaram Prezidentimizning bevosita ishtiroklaridagi  Yoshlar tashkiloti Qurultoyi mamlakatimiz yoshlari hayotida unutilmas, eng muhim sana sifatida tarix sahifalaridan joy egalladi, - dedi viloyat rahbari o’z so’zida. - Endilikda Yoshlar ittifoqi shunchaki  jamoat tuzilmasi emas, balki ulkan vakolat va imkoniyatlarga ega tashkilotga aylandi.

Tashkilotning  mamlakatimiz boshqaruv tizimidagi darajasi nihoyatda yuksaltirilib, qurultoy doirasida yoshlarimizga 19 turdagi imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berildi.

 Yoshlar muammolari bilan shug`ullanish, ular intilishlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish, iqtidorli o’g`il-qizlarni kashf etish viloyatning barcha katta-kichik rahbarining asosiy vazifasidir.

O’z navbatida viloyat hokimi Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, uning saylanadigan rahbariyati faqatgina ijtimoiy faol yoshlar bilan ishlab qolmasdan, uyushmagan yoshlar qatlamini ham o’z atrofida birlashtirishi,   ularning madaniyat, sport, ilm-fan, tadbirkorlik va boshqa sohalardagi qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishda tashabbuskorlik ko’rsatishi, ularning muammolarini rahbariyat oldiga ko’tarib, buzilgan huquq va manfaatlarini himoya qilishda faollik ko’rsatishi, notinch oila farzandlari, jinoyatchilikka, diniy ekstremistik oqimga moyil bo’lgan  yoki profilaktik ro’yxatda turadigan tengdoshlari bilan individual tarzda ish olib borishi lozimligi, bu borada hududdagi davlat organlari tashkilotga yaqindan yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Yig`ilishda tashkiliy masala ko’rildi. “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri vazifasida faoliyat yuritayotgan Komilov Zarif Zokirovich Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisligiga saylandi.

Yig`ilishda Kengash faoliyatiga oid boshqa masalalar ham muhokama etildi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati 

Orqaga Chop Etish  1045 |   12-07-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation