Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  "Eng ulug’, eng aziz" tanlovi: Munosiblar taqdirlandi
"Eng ulug’, eng aziz" tanlovi: Munosiblar taqdirlandi

Viloyat hokimligi, O’zbekiston matbuot va axborot agentligi, Jurnalistlar, Yozuvchilar, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmalari hamda "O’zbekkino" milliy agentligi viloyat bo’limlari va boshqa qator hamkor tashkilotlar tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlangan "Eng ulug’, eng aziz" an’anaviy tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Tanlovga jurnalistlar, yozuvchi va shoirlar, fotograf va rassomlar tomonidan "Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!" degan ezgu g’oyani o’zida mujassam etgan jurnalistik ishlar, badiiy asarlar, tasviriy san’at va foto asarlari taqdim etildi. Ijodiy ishlar hay’at a’zolari tomonidan o’rganib chiqilib, munosiblar tanlov g’oliblari deb e’lon qilindi.

Buxoro shahridagi tasviriy san’at muzeyida sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimligi matbuot kotibi A. Rustamov, Respublika "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi raisi o’rinbosari M. Sherbo’taeva, matbuot va axborot agentligi viloyat boshqarmasi rahbari G. Samieva, O’zbekiston Jurnalistlar hamda Yozuvchilar uyushmalari viloyat bo’limlari rahbarlari B. Asadov, Sh. Sulaymonovlar so’zga chiqib, 16-marta tashkil etilayotgan ushbu tanlovning nufuzi yil sayin oshib borayotganini ta’kidlashdi. Joriy yilgi tadbirga 300 dan ortiq ijodiy ishlar taqdim qilingan.

Biroq, "Kino san’ati asarlari" yo’nalishiga ijodiy ishlar topshirilmagani afsuslanarli holdir.

Tanlov yakuniga ko’ra, "Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari" nominatsiyasi bo’yicha g’oliblik "Galaosiyo ovozi" gazetasi bosh muharriri Baxshillo Rajabovga nasib etdi. "Televidenie va radio ijodkorlarining materiallari" nominatsiyasi bo’yicha Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi televidenie guruhi katta muharriri Lobar Qilicheva, "Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari" nominatsiyasi bo’yicha "Buxoronoma" gazetasi muxbiri Dildora Ibrohimova, "Tasviriy san’at, foto-dizayn asarlari" nominatsiyasi bo’yicha O’zbekiston milliy axborot agentligining viloyatdagi fotomuxbiri Tohirjon Istatov(suratda) g’olib topildi.

Shuningdek, bu yil ilk marta joriy etilgan rag’batlantiruvchi nominatsiyalar bo’yicha "Istiqlol" televideniesi ijodiy xodimi Abdullo Rajabov hamda "Buxarskiy vestnik" gazetasi muxbiri Viktor Sidorenko taqdirlandi.

Tadbir doirasida viloyatimiz tasviriy san’at ustalarining ijodiy ishlari ko’rgazmasi tashkil etildi.

Orqaga Chop Etish  415 |   19-08-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

15-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation