Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Innovatsion texnologiya va loyihalar taqdimoti
Innovatsion texnologiya va loyihalar taqdimoti

Buxoro davlat universitetida IX Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasi bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi, viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari olimlari o’zlarining ilg’or innovatsion g’oyalari, texnologiya va loyihalari, ilmiy ishlanmalari bilan qatnashdi.

Yarmarkaning ochilish marosimida viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Muhiddin Esanov so’zga chiqib, vohamizning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, shu orqali yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shishda ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa jabhalarda yangi innovatsion texnologiyalarning keng sur’atda joriy etilayotgani ham muhim omil bo’layotganini, aynan innovatsion g’oyalar bo’yicha ilgari surilayotgan tashabbuslarni har jihatdan qo’llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish natijasida yangi ish o’rinlari yaratilib, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar hajmi ham ortayotganini ta’kidladi.

Prezidentimizning 2008 yil 15 iyuldagi "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori ishlab chiqarishning texnologik darajasi va raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion mahsulotni ichki va tashqi bozorga chiqarish, ilg’or innovatsion loyiha va ishlanmalarni hayotga joriy etishda muhim omil bo’lmoqda.

Mamlakatimizda olimlarning innovatsion g’oyalari va izlanishlarini qo’llab-quvvatlash orqali ularning ilmiy salohiyatini oshirish hamda rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz tomonidan ilmiy-amaliy innovatsion loyihalarga ko’plab sarmoya sarflanmoqda. 2015 yilda Buxoro viloyatidagi oliy o’quv yurtlari olimlarining ilmiy tadqiqotlari uchun 260 million so’mdan ziyod grant mablag’i ajratildi. Bu tadqiqotlar samarasida yaratilgan ishlar yarmarka ko’rgazmasidan o’rin oldi.

Yarmarkada namoyish etilgan muqobil energiya asosida ishlaydigan issiqxona qurilmalari, meva-sabzavotni quritish tejamkor texnologiyalari, qishloq xo’jaligi, tibbiyot sohasidagi ishlanma hamda loyihalar tadbirga kelgan 200 dan ortiq kichik biznes sub’ekti vakillari va boshqa ishlab chiqaruvchilar e’tiborini tortdi.

—Iste’mol bozorini sifatli va ayni paytda arzon baliq mahsulotlari bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biridir,—deydi Romitan tumanidagi "Norbegim Roziya Nigora" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Mirbobo Baqoev.—Bunda ratsioni boy oziq-ovqat muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham yarmarkada Buxoro davlat universiteti professori Sulaymon Bo’riev rahbarligidagi olimlar tomonidan mahalliylashtirilgan, to’yimliligi bilan ajralib turadigan suv o’simliklarini ko’paytirish texnologiyasini qo’llash bo’yicha 25 million so’mlik shartnoma tuzdik. Ushbu shartnoma doirasida oliy o’quv yurti bilan sohani rivojlantirish maqsadida ishni ilmiy asosda tashkil etish bo’yicha ham hamkorlik qilamiz.

Buxoro viloyati hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi rahbari, fizika va matematika fanlari doktori, professor Davron Jo’raevning ta’kidlashicha, yarmarkada 179 ishlanma bo’yicha umumiy qiymati 588,8 million so’mlikdan ziyod shartnoma imzolandi.

Orqaga Chop Etish  805 |   30-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 63
  • Ko`rib chiqilmagan: 24
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

26-06-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation