Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Shofirkonda sayyor qabul
Shofirkonda sayyor qabul

       Shofirkon tumanidagi Navbahor va Denov qishloqlarida yashovchi aholi bir necha yillardan beri elektr energiyasidagi uzilishlar hamda kuchlanishning pastligidan aziyat chekishar, bu borada bir necha marta tuman va viloyat miqyosidagi mutasaddi rahbarlarga murojaat qilingan edi. Biroq, bu murojaatlarning barchasi e’tiborsiz qolib kelayotgandi. Buxoro viloyati hokimi  O’. I. Barnoev boshchiligida tumanda o`tkazilgan sayyor qabulda yuqoridagi muammoga yechim topildi.

- 1975 yilda qurilgan transformator hamda elektr energiyasi yetkazib beruvchi boshqa uskunalarning nihoyatda eskirganligi aholining ko’payishi va yillar davomida o’sib kelgan talab-ehtiyojlariga javob berolmay qolgan edi. Viloyat hokimi bilan yuzma-yuz muloqotdan so’ng bir kunda yangi transformator keltirib o’rnatib berishdi. Qishloqdoshlarim bundan minnatdor. Ular odamlarni rozi qilish orqali inson manfaatlarini to’la qaror toptirishning mutlaqo yangi tizimi vujudga kelayotganini his qilishmoqda. Bu kabi e’tibor esa xalqning davlatga nisbatan  ishonchini mustahkamlashga asos bo’ladi, - deydi mehnat faxriysi Ochil Mo’minov.

       Joylarda Prezidentning xalq qabulxonalarining faoliyat boshlashi, xalqning barcha tizim va darajadagi rahbarlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatining yaratilishi jamiyatimizdagi katta ijobiy o’zgarishlarga asos bo’lishi aniq.

       Xuddi shu kuni tuman markazidagi Shodlik mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Sharof Aliqulovning ham ko’pdan beri dilida tugib yurgan niyati ushaladigan bo’ldi. Gap shundaki, bu jonkuyar otaxon nuroniylar uchun hordiq maskani – “Qariyalar choyxonasi”ni barpo etishni niyatlab yurgandi. U kishining tashabbusi ham viloyat rahbari tomonidan qo’llab-quvvatlanib, ushbu xayrli ishni tezroq amalga oshirilishi uchun tegishli mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berildi.

        Viloyat hokimining ushbu sayyor qabulida aholi va ularning vakillari tomonidan qurilish, tadbirkorlik, sanoat, kommunal, bandlik, er-mulk kadastri, ijtimoiy himoya va boshqa sohalarga oid 37 ta murojaat atroflicha ko’rib chiqildi. Ularning 4 tasi shu joyning o’zida hal etildi. 12 tasiga tushuntirish berilib, 21 tasiga o’rganish va ko’rib chiqish uchun muddat berildi. Murojaatlarning aksariyati tuman miqyosida hal qilinishi mumkin bo’lgan muammolardan iborat bo’lib, shu paytgacha ayrim rahbarlarning e’tiborsizligi va harakatsizligi oqibatida yechilmay qolib ketayotgan edi.

        Shu o’rinda yana bir ma’lumotni aytishimiz mumkinki, Prezidentimizning tumandagi qabulxonasiga shu paytgacha  kelib tushgan murojaatlarning 250 tasi qanoatlantirildi, 410 tasiga tushuntirish berildi, 166 tasi esa tegishli tashkilotlar tomonidan o’rganilmoqda.

         Sayyor qabul domiy davom etishini ta’kidlagan viloyat rahbari har bir murojaatga jiddiy e’tibor berilishi va o’z vaqtida amaliy yechim topishi uchun barcha rahbarlar javobgar hamda mas’ulligini qayd etdi.          

Orqaga Chop Etish  485 |   11-07-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation