Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Buxoro — Miskin magistrali qurilishida
Buxoro — Miskin magistrali qurilishida

Uzunligi 350 kilometrdan ortiqroq va qiymati 283 million dollar bo’lgan Buxoro — Miskin yangi temir yo’li qurilishi jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Ushbu loyihani amalga oshirish davlatimiz rahbarining "O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g`risida"gi Farmonida ko’zda tutilgan zamonaviy transport-logistikasi infratuzilmasini bunyod etish va sayyohlarga ko’rsatilayotgan transport xizmatini yaxshilashda muhim qadam bo’ladi. Yangi temir yo’l liniyasi nafaqat Buxoro, balki Samarqand, Xorazm va Qoraqalpog`iston Respublikasida transport va turizmni rivojlantirishning muhim bo’g`ini bo’ladi.

—Buxoro—Miskin temir yo’l magis¬trali Qizilqum sahrosidan o’tib, vohamizni Xorazm viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasi, shuningdek, mamlakatimiz poytaxti va boshqa hududlari bilan bog`laydi,—deya tushuntirish beradi "Buxoro-1" stanstiyasi temir yo’l ustaxonalari majmui boshlig`i Sherzod Jo’raev.—Bu magistral hozir mavjud Navoiy—Zarafshon—Uchquduq—Sultonuzdag—Nukus yo’lidan 75 kilometr qisqa bo’lib, hududimizni yaqin temir yo’l orqali mamlakatning shimoli bilan bog`laydi.

2016 yilda mamlakatimizda foydalanishga topshirilgan Angren—Pop temir yo’li Xitoy—Markaziy Osiyo—Evropa yangi xalqaro tranzit magistralining muhim o’zagiga aylandi. Qurilayotgan Buxoro—Miskin temir yo’li esa ana shu magistralning o’ziga xos davomi bo’ladi.

Quruvchilar jamoasi oldida mazkur yo’nalishda 8 ta temir yo’l stanstiyasi va raz’ezdini qurish vazifasi turibdi. Yangi temir yo’l magistrali O’zbekistonda qo’llanilayotgan texnik standart va talablarga javob beradigan zamonaviy signalizastiya, telekommunikastiya va elektr ta’minoti uskunalari bilan jihozlanadi. Bugungi kunga qadar temiryo’lchilar tomonidan po’lat magistralning 25 kilometri qurildi, tuprog`i zichlangan 40 kilometr yo’l relslarni yotqizishga shay etib qo’yilgan. Mazkur loyihani amalga oshirishda ming nafardan ziyod mutaxassislar ishtirok etmoqda, 200 turdan ortiq qurilish texnikasi va maxsus uskunalar ishlatilmoqda. Ushbu temir yo’l liniyasi qurilishini joriy yilda poyoniga etkazish rejalashtirilgan.

Magistralni bunyod etishda ekskavatorchilardan Jamshid Qilichev, Zarif Ibrohimov, uchastka masteri Anvar Haitov, buldozerchi Shukrullo To’xtaev, greyderchi Zuhriddin Sulaymonov va boshqalar fidokorona mehnat qilmoqdalar.

Yangi magistral respublikamizning shimoliy hududlari tabiiy konlarini o’zlashtirish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish sur’atlarini tezlashtiradi. Loyihaning bosh strategik maqsadi—mamlakat hududi yagona temir yo’l tizimini shakllantirishdir. Yangi liniya Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasini mamlakat umumiy temir yo’l transporti tizimiga kiritish hamda O’zbekistondan Qozog`iston va Rossiyaga yuk tashish hajmini oshirish imkonini beradi. Yangi liniya foydalanishga topshirilgandan keyin O’zbekiston va Turkmanistonni o’zaro bog`lab turgan avvalgi temir yo’l Buyuk ipak yo’lining tom ma’nodagi iqtisodiy belbog`iga aylanadi hamda bu hududdagi barcha mamlakatlar manfaatlariga xizmat qiladi.

Yana oz fursatdan so’ng Buxoro—Miskin temir yo’lidan poezdlarda ilk bor o’tadigan yo’lovchilar mamlakatning sharqidan g`arbiga borishda vaqt va masofani qisqartirgan temiryo’lchilar mehnatiga munosib bahoni beradilar.

Orqaga Chop Etish  779 |   18-07-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation