Bosh sahifa /  Press-Relizlar /  PRESS-RELIZ
PRESS-RELIZ

2016 yil 18 iyul                                                             Buxoro viloyati

 

Joriy yil 18 iyul kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Viloyatimizdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, deputatlar, viloyat hokimligi apparatining mas’ul xodimlari, tashkilotlar, korxonalar, huquqni muhofaza qilish organlari, shahar va tumanlar Bandlikka ko’maklashish markazlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan yig’ilishni xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Senati a’zosi, viloyat hokimi M. Esanov boshqardi.

Sessiyada 2016 yil "Sog’lom ona va bola yili" Davlat va hududiy dasturlari ijrosini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to’g’risida"gi masala tinglandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturi to’g’risida"gi qarorining viloyatda ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2016 yil 13 fevraldagi qarori asosida 11 bo’lim 80 banddan iborat viloyat hududiy dasturi ishlab chiqilgan.

Dastur doirasida joriy yilning 1 iyuliga qadar barcha manbalar hisobidan 142,5 milliard so’m hamda 3,4 million AQSh dollari miqdorida mablag’ sarflangan.

Sessiya ishida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining 2016 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining tahlili to’g’risidagi masala muhokama qilindi.

Yig’ilishda "Viloyatda o’tkazilgan fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari to’g’risida" 17-Chorbakr saylov okrugidan deputat, Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari doimiy komissiyasi raisi, Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi komissiyasi raisi Z. Tairovning axboroti eshitildi.

Shuningdek, sessiyada "2016 yil 6 oyida viloyat mahalliy byudjetining ijrosi to’g’risida viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig’ining hisoboti to’g’risida", "Viloyat hokimining qarorlarini tasdiqlash to’g’risida" hamda "Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida"gi masalalar ham ko’rib chiqildi.

 

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati.

 

 

Orqaga Chop Etish  806 |   15-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation