Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Komissiyaning kengaytirilgan yig’ilishi
Komissiyaning kengaytirilgan yig’ilishi

Viloyat hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha viloyat komissiyasining kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Komissiyaning 2015 yil faoliyati tahliliga bag’ishlangan mazkur yig’ilishni viloyat hokimi M. Esanov boshqarib bordi.

Qayd etilishicha, viloyatda voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sog’ligi, ta’lim-tarbiyasi, mehnati, ijtimoiy muhofazasi borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, o’tgan davr mobaynida shahar va tumanlar komissiyalari tashabbusi bilan 85 nafar qarovsiz qolgan bola aniqlanib, ular qonuniy huquq va manfaatlari muhofazasini ta’minlash choralari ko’rilgan. Ularning 47 nafariga vasiy, 26 nafariga homiylar belgilanib, 12 nafar bola Mehribonlik uyiga joylashtirilgan.

Shuningdek, boshqa sabablarga ko’ra nazoratsiz qoldirilgan 25 nafar voyaga yetmagan ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazlariga, 14 nafari esa ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya muassasalariga joylashtirildi.

Yoshlarning ta’lim olishlari uzluksizligini, muntazam darslarda ishtirok etishini ta’minlash maqsadida rejali chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi mashg’ulotlarda uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan 141 nafar o’quvchi ta’limga jalb qilindi. Bolalarini tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan hududiy komissiyalar tomonidan ta’sir choralari qo’llanilib, ularda farzand ta’limi va tarbiyasiga nisbatan javobgarlik hissi oshirildi. Farzandi xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko’rsatgan ota-onalar ichki ishlar bo’limlari profilaktik hisobiga olindi.

Viloyat komissiyasi tomonidan shahar va tuman komissiyalari faoliyati muvofiqlashtirib borilgan.

Ammo tizim faoliyatida yuqoridagi ishlar barobarida, o’z yechimini kutayotgan ba’zi muammolar ham yo’q emas. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kam bo’lsa-da kuzatilayotganligi, ayrim tumanlar hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalarda profilaktik ishlarning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi, ishga oid hujjatlar yuritishdagi kamchiliklar shular jumlasidandir.

Viloyat prokurori M. Azimov o’z axborotida bu boradagi muammolar, ularning kelib chiqish sabablariga atroflicha to’xtaldi.

Viloyat rahbari qayd etilgan kamchiliklarni muhokama qilib, yoshlar bilan ishlash, ularni ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash orqali jamiyatdagi faolligini oshirish har bir kishining burchi ekanligini ta’kidladi hamda ushbu muammolar yechimini ta’minlash borasida tegishli mutasaddi rahbarlarga kerakli topshiriq va ko’rsatmalar berdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan viloyat o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i H. Qobilov, Olot va Peshko’ tumanlari hokimlari Sh.Salomov, Sh. Mavlonovlar hisobot berishdi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya a’zosi, respublika "Mahalla" xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi J.Inog’omov so’zga chiqdi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati.

Orqaga Chop Etish  902 |   03-02-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

11-12-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation