Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Viloyat hokimining sayyor qabuli
Viloyat hokimining sayyor qabuli

           G’ijduvon tumani “Havzak” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi “Fayz” fermer xo’jaligining dala shiyponida viloyat hokimi O’.Barnoevning tuman  aholisi vakillari bilan sayyor qabuli o’tkazildi.

       Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyat Xalq qabulxonasi vakillari, viloyat prokurori, ichki ishlar boshqarmasi va boshqa qator boshqarma hamda tashkilotlarning rahbarlari qatnashdi.

          Tumanda tadbirkorlikka qiziqish katta. Soha vakillari ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tarmoqlarini rivojlantirish hamda yangi ish o’rinlari yaratishga qaratilgan ko’plab loyihalar bilan chiqishmoqda. “G’ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgani ishbilarmonlar uchun katta imkoniyat bo’ldi.

           Lekin tumanda tadbirkorlik rivojida muammolar yetarlicha.

           —Men ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida O’zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tuman bo’limiga 500 million so’m miqdorida kredit olish bo’yicha murojaat qilgan edim,—dedi “GOLDEN FRUKT PRODUCTION” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari   Roila Mirzaeva.—Biroq, haligacha menga ijobiy javob berilgani yo’q.

                 Qabulda bank mutasaddisidan masalaga oydinlik kiritish qat’iy talab qilindi. Qarangki, muammo shu erning o’zida yechim topdi. Yaqin kunlarda tadbirkor ayolning loyihasi moliyalashtiriladi.

                —Bundan uch oy ilgari tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo’limi shoxobchalaridan 32 nafar sanitar- xizmatchi qatori men ham shtatlar qisqarishi munosabati bilan ishdan bo’shatilgan edim,—deydi Gulnoz Sulaymonova.—Tuman tegishli idoralariga murojaat qilganimizga qaramay ish bilan ta’minlanganimiz yo’q. Qolaversa, ish o’rnimiz qisqartilgani sabab mehnat qonunchiligiga muvofiq ikki oylik maosh miqdorida kompensatsiya pulini to’lash ham cho’zilyapti.

                    Fuqaro qabuldan mamnun bo’ldi. Boisi,  uning murojaati qonuniy yechimini topadi. Viloyat hokimi  masalani qisqa muddatda hal etilishini o’z nazoratiga oldi.

                  Shuningdek, tadbirda Ko’lijabbor va Nayman qishloqlari vakillari hududdagi “Alpomish” maktabgacha ta’lim muassasasi binosini rekonstruktsiya qilish, Nodirabegim mahallasi aholisi yo’llarning ta’mirtalabligi, G’ishti qishlog’iliklar elektr ta’minotidagi uzilishlar, Labiro’d, Kalon va boshqa qishloqlar fuqarolari  sifatli ichimlik suv borasidagi muammolarini ko’tarishdi.

             Qabulda ularning murojaatlari o’rganilib chiqilishi hamda qo’yilgan masalalar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturiga kiritilgan holda bosqichma-bosqich hal etilishi ta’kidlandi.

Orqaga Chop Etish  532 |   08-07-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation