Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Tinchligimiz tayanchi, osoyishtaligimiz suyanchi
Tinchligimiz tayanchi, osoyishtaligimiz suyanchi

14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab, "Tayanchim, suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!" nomli umumiy shior ostida uyushtirilayotgan tadbirlardan biri Buxoro harbiy garnizoni hamda respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limi hamkorligida bo’lib o’tdi. Unda taniqli san’atkorlar, madaniyat va ma’naviyat sohasining ko’zga ko’ringan vakillari viloyatimiz hududida yigitlik burchini o’tayotgan askarlar, harbiy xizmatchilar bilan uchrashdilar.

Tadbir davomida O’zbekiston xalq artisti Ubaydullo Omon ona yurtni himoya qilish har bir insonning muqaddas burchi ekanligini ta’kidlab, yoshlar orasida vatanparvarlik, mardlik, jasurlik fazilatlarini targ’ib etishda, ularda milliy g’urur, iftixor tuyg’ularini uyg’otishda kino va teatr san’atining ahamiyati to’g’risida so’zladi.So’ng respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi bo’lim boshlig’i Gulchehra Matkarimova mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan har jihatdan mukammal professional armiyani shakllantirish, bu borada keng ko’lamli islohotlar o’tkazish, harbiy xizmatchilar uchun qulayliklar yaratish bo’yicha amalga oshirilgan ulkan ishlar, bunda ma’naviy sohaning tutgan o’rni xususida to’xtaldi.

Mazkur uchrashuv chog’ida, shuningdek, "O’zbekkino" milliy agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Ahmadjon Umarov ham so’zga chiqib, dunyoning turli nuqtalarida notinch vaziyat hukm surayotgan, xalqaro terrorizm butun jahonga katta xavf solib turgan hozirgi zamonda mamlakatimizda barqarorlikni ta’minlash, tinchlikdek bebaho ne’matni asrab-avaylash eng dolzarb masalaga aylanganini ta’kidladi.

—Darhaqiqat, osoyishtalikni hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi,—deydi respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limi rahbari Saidjon Hamroev.—Tinchlikni saqlash, ona-yurtni yot kuchlardan asrashdek muqaddas ishda birinchi navbatda harbiylarimizning, Vatan himoyachilarining xizmati beqiyos. Bugungi tadbir esa ularga bo’lgan hurmat va ehtiromning yana bir ifodasi bo’ldi.

Respublika Mudofaa vazirligiga qarashli N-harbiy qismda o’tkazilgan uchrashuv davomida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Saodat G’ulomovaning musiqiy chiqishlari yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

* * *

Buxoro shahridagi N-harbiy qism hamda viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining o’zaro hamkorligida "O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari—tinchlik va osoyishtaligimiz posbonlari" mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Prezidentimizning 2015 yil 9 dekabrdagi farmoyishiga asosan o’tkazilayotgan "Vatanparvarlik oyligi" doirasida uyushtirilgan ushbu tadbirda harbiy qism guruh komandirlari, katta leytenantlar Ahad Mahkamov va Shamsiddin Madaminov ayni paytda institutda malaka oshirish kurslarida qatnashayotgan bir guruh o’qituvchilar bilan uchrashib, mamlakatimiz Qurolli Kuchlaridagi islohotlarning maqsad hamda vazifalari borasida ma’ruzalar qilishdi.

Mazkur uchrashuv mobaynida mustaqillik davrida milliy armiyamizning shakllanish tarixi, uning faoliyatiga oid huquqiy asoslar, harbiy kadrlar tayyorlash tajribasi, ushbu soha vakillarining yurtimizda qaror topgan tinch-osoyishta hayotni ta’minlashdagi beqiyos o’rni, shuningdek, hozirgi zamonda dunyodagi barqarorlikni izdan chiqarishga urinayotgan har xil g’arazli kuchlarning xatti-harakatlari, yoshlarimizni bunday kuchlar ta’siridan asrash, kelajagimiz egalarini yurtga sodiq, mard insonlar sifatida voyaga yetkazishning muhim yo’nalishlari borasida pedagoglar ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

—Vatan himoyachilari kuni arafasida o’tgan bugungi davra suhbati orqali o’zimizni qiziqtirgan ko’plab savollarga javob oldik,—deydi Vobkent tumanidagi 7-o’rta umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Shahnoza Xudoyberdieva.—O’z navbatida biz, muallimlar, mazkur uchrashuv orqali olgan bilimlarimizni pedagogik faoliyatimiz davomida tatbiq etamiz.

Orqaga Chop Etish  476 |   09-01-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation