Bosh sahifa /  Deputatlar faoliyati /  Aholi sog’lig’i qonun himoyasida
Aholi sog’lig’i qonun himoyasida

Ma’lumki, Oliy Majlis Senatining yaqinda bo’lib o’tgan to’rtinchi yalpi majlisi kun tartibiga O’zbekiston Respublikasining bir qator qonunlarini qabul qilish masalasi kiritildi. "Elektron hukumat to’g’risida"gi, "O’zbe­kiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to’g’risida"gi, "O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (yangi tahriri) qabul qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida"gi, "Veterinariya to’g’risida"gi (yangi tahriri), "Dori vositalari va farmatsevtika fao­liyati to’g’risida"gi (yangi ­tahriri), "O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi qonunlar shular jumlasidandir.

"Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida"gi Qonun (yangi tahriri)da aholini sifatli hamda samarali dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni takomillashtirish ko’zda tutilgan.

Ta’kidlash o’rinliki, mazkur qonunning oldingi tahriri 1997 yilda qabul qilingan bo’lib, u 17 moddadan iborat edi. O’tgan davr ichida shu hujjatga asosan respublikamizda dori vositalari muomalasini qonuniy tartibga solish asoslari yaratildi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 149 ta farmatsevtika korxonasi faoliyat ko’rsatmoqda va ular tomonidan 1482 turdagi dori vositalari ishlab chiqarilyapti. Ushbu qonun qabul qilingunga qadar yurtimizda atigi 2 ta korxona faoliyat ko’rsatar, ularda bor-yo’g’i 30 turga yaqin dori-darmonlar ishlab chiqarilardi. Ayni paytda esa ishlab chiqarilayotgan va tayyorlanayotgan dori vositalari hamda tibbiyot jihozlari sifatini nazorat etish tizimli yo’lga qo’yilgan. Bu borada "Dori-darmon" AKga qarashli 15 ta nazorat-tahlil laboratoriyasi, dori vositalari va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi, O’zstandart agentligi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo’yicha 8 organ ish olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, tibbiyot va farmatsevtika oliy o’quv yurtlari qoshida dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bilan shug’ullanuvchi ilmiy-tad­qiqot bazalari yaratildi. Bugungi kunda respublikamizda ro’yxatdan o’tkazilgan va amaliyotda qo’llashga ruxsat berilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat rees­tri tashkil qilingan.

Respublika Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan "2014 yilda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O’zbe­kiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo’yicha das­tur"ning 2-bo’lim, 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu qonunni ko’zda tutuvchi loyiha tayyorlandi. Unga binoan quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish belgilab olingandi:

— dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish;

— dori vositalari, tibbiy buyumlarni qo’llashda fuqarolar sog’lig’ini saqlashni ustuvor yo’nalish sifatida belgilash;

— dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo’lgan texnik talablarni tartibga solishni xalqaro amaliyot bilan uyg’unlashtirish, mazkur sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish bo’yicha Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti va yetakchi xorijiy davlatlar tajribasini o’rganib xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va printsiplarini inobatga olgan holda amaldagi normativ bazani takomillashtirish;

— farmatsevtika sektorini rivojlantirishga to’sqinlik qilayotgan ortiqcha ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish.

"Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida"gi Qonunning deyarli barcha moddalariga o’zgartishlar kiritilgani, uning yangidan 8 modda bilan to’ldirilgani esa mazkur sohadagi munosabatlarning to’laqonli qonuniy tartibga solinishini ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, qonun loyihasini ishlab chiqishda "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’­risida"gi Qonun oldingi tahririning xalqaro tajribaga zid bo’lmagan asosiy qismi asos sifatida olindi. Bu jarayonda xorijiy davlatlarning mazkur sohadagi munosabatlarni qonuniy tartibga solish bo’yicha orttirgan tajribasi o’rganildi. Qonunning avvalgi tahririga binoan O’zbekiston Respublikasi faqat farmakologik vositalarning klinik tadqiqotlarini o’tkazishi ko’zda tutilgandi. Tayyorlangan qonun loyihasining tegishli moddalariga ko’ra esa aholini kafolatlangan va xavfsiz dori vosi­talari bilan ta’minlashga asosiy urg’u berildi. Bundan tashqari, amalda dori vosita­larining ham klinik tad­qiqotlari o’tkazilsa-da, bu hol joriy qonunda o’z aksini topmagandi. Shunga ko’ra, yangi tahrirdagi qonunning 12-moddasida farmakologik yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari kimlarda o’tkazilishi yoki o’tkazilmasligi aniq belgilab qo’yildi. Endilikda aholining doimiy himoyaga muhtoj qismiga yo’naltirilgan ijtimoiy muhofaza yanada kuchaytiriladi.

"Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida"gi Qonun (yangi tahriri)da mavjud 26 moddaning barchasi aholi sog’lig’ini saqlash, uni turli kasalliklardan himoya qilish, turli yoshdagi kishilar uchun sog’lom turmush tarzini mustahkamlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlarga salmoqli hissa bo’lmog’i shubhasiz.

Tohir BAHRONOV, Oliy Majlis Senati a’zosi, Buxoro xalqaro aeroporti direktori.­

Orqaga Chop Etish  1171 |   27-12-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

15-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation