Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Dolzarb masalalar muhokamasi
Dolzarb masalalar muhokamasi

Joriy yilning 15 avgust kuni viloyat hokimlik soati yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni viloyat hokimi M. Esanov boshqarib bordi.

Hokimlik soati yig’ilishida dastlab viloyatda hududiy eksport ayniqsa meva-sabzavot mahsulotlari eksportining prognoz parametrlari so’zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan 2016 yil yanvar-iyul oylari hamda avgust oyining o’tgan 14 kunida  amalga oshirilgan ishlar yakuni to’g’risida viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari H. G’oyirovning axboroti tinglandi.

Ta’kidlanishicha, viloyatda 2016 yilning yanvar-iyul oylarida hududiy korxonalar tomonidan 58 191 ming AQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirib, bu boradagi reja 95,3 foizga bajarilgan.

Yig’ilishda eksport sohasida qayd etilgan raqamlar viloyatning bu boradagi imkoniyatlari darajasidan anchayin past ekanligi, eksportbop yangi mahsulot turlarini tatbiq etish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksportga yo’naltirish, bu borada aniq hisob-kitoblarga asoslangan samarali tizimni yo’lga qo’yish lozimligi ta’kidlandi.

Yig’ilishda viloyat hokimining 2016 yil 3 maydagi “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlab, viloyatdagi shahar va tumanlarda 25 tadan ko’chalarni zamonaviy arxitektura talablari asosida loyihalashtirish, qurish hamda ta’mirlash ishlarini tashkil etish to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha viloyat ishchi guruhi hamda shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan amalga oshirilgan ishlar ahvoli to’g’risidagi masala yuzasidan viloyat hokimining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jaligini rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari F. Ataev axborot berdi.

Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risidagi masala muhokama qilinib, mavzuga oid videolavhalar namoyish etildi. Viloyat rahbari ushbu masala muhokamasida eng ulug’, eng aziz bayram hisoblanmish mustaqillik tantanalarini yuqori saviyada nishonlash, bayram shodiyonalari o’tkaziladigan joylarni obodonlashtirish va tayyorlash, aholiga ayyom kayfiyatini baxsh etish maqsadida turli targ’ibot tadbirlarini amalga oshirish borasida tegishli ko’rsatmalar berdi. 

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan joylarda “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” shiori ostidagi yoshlar festivallarini ko’tarinki ruhda tashkil etish va o’tkazish, “Tabarruk zamin saxovati” XX an’anaviy qovun va asal sayli yakunlari to’g’risidagi masalalar ham muhokama qilindi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  429 |   15-08-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation