Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Hokimlik soati yig’ilishi
Hokimlik soati yig’ilishi

Joriy yil 27 iyun kuni viloyat hokimlik soati yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimi o’rinbosarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, ularning o’rinbo-sarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashgan yig’ilishni viloyat hokimi O’. Barnoev boshqarib bordi.

Dastlab ishtirokchilar kadrlar tarkibidagi o’zgarishlar bilan tanishtirildi. Nosirov Jamol Shuhratovich — viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, Qo’ziev Kamoljon Jo’raqulovich — viloyat "Toza hudud" davlat unitar korxonasi rahbari lavozimiga tayinlangan.

Hokimlik soati yig’ilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan iyun oyining ikkinchi yarmida qabul qilingan farmonlar, qarorlar va farmoyishlarning mazmun-mohiyati hamda ularni amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risidagi masala muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi PQ-3067-sonli "Davlat mulki ob’ektlarini sotish jarayonlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori qabul qilindi. Mazkur qa-rorga asosan viloyatlar hokimlariga mezonlar bo’yicha davlat mulki bo’lgan nostrategik ob’ektlarni, investitsiya majburiyatlarini olgan holda "nol" xarid qiymati bo’yicha sotish to’g’risida qarorlar qabul qilish huquqi berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi PF-5087-sonli "Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida" farmoni va PQ-3068-sonli "O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida"gi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi viloyat bosh-qarmasining yangilangan namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi hamda shahar va tumanlarda Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash markazlari tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi PQ-3071-sonli "O’zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga binoan viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazida 2017 yilda stenozlar va anevrizmalarda yurak tomirlari va bosh miyani stentlash bo’yicha davolash usullari hamda 2018 yilda katta yoshdagilarga yurakning og’ir kasalliklari bo’yicha ochiq yurakda operatsiyalar joriy qilinadi. Shuningdek, 2017 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining viloyat filiali, 2019 yilda esa viloyat endokrinologiya dispanseri rekonstruktsiya qilinadi. 2019 yilda viloyat oftalmologiya kasalxonasi binolari hamda 2020 yilda viloyat kardiologiya dispanseri binolari mukammal ta’mirlanadi.

Shuningdek, hokimlik soatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2017 yil 1-yarim yillikda kutiladigan natijalari hamda viloyat faollar yig’ilishiga tayyorgarlik ko’rish, 2017 yilda qishloq massivlarida namunaviy uylar, arzon ko’p qavatli uylar, "Kamolot" uylari", hududiy organlar rahbarlari uchun xizmat uylari, profilaktika inspektorlari va harbiy xizmatchilar uchun uylar qurilishi bo’yicha olib borilayotgan ishlar, naqd pul tushumi, birinchi darajali to’lovlar to’lanishi va kommunal qarzdorliklarni qisqartirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar hamda Kogon tumani hokimligida ijro intizomi holati to’g’risidagi masalalar tanqidiy muhokama qilindi.

Orqaga Chop Etish  547 |   29-06-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation