Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Yangi yil dasturxoni yanada to’kin bo’ladi
Yangi yil dasturxoni yanada to’kin bo’ladi

Yangi yil arafasida Buxoro shahrida qishloq xo’jalik mahsulotlari yarmarkasi bo’lib o’tmoqda.

Viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan bayramoldi dasturi doirasida tashkil etilgan bu tadbir aholi dasturxonining yanada to’kinligiga, bozorlarda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashga xizmat qilayotir.

Yarmarkaga har kuni tumanlarning birkitilgan fermer xo’jaliklari, agrofirmalar tomonidan keng assortimentda meva-sabzavotlar, poliz, go’sht, baliq, sut, qandolat mahsulotlari va asal savdoga chiqarilmoqda.

—Davlatimiz fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlashi tufayli paxtachilik va g’allachilik bilan birga chorvachilik, bog’dorchilik ham serdaromad tarmoqlarga aylanib borayotir,—deydi Vobkent tumanidagi "Asadov Baxshulla Ne’mat o’g’li" fermer xo’jaligi rahbari Baxshulla Asadov.—Uch yil ilgari barpo etgan intensiv bog’imiz hosilga kirdi. Yaqinda 100 tonna mahsulotga mo’ljallangan sovutkichni ishga tushirdik. Bu erda nafaqat xo’jaligimizda, balki qo’shni fermerlar tomonidan etishtirilgan meva-sabzavotlarni may oyigacha sifatli saqlash mumkin. Xamir uchidan patir deganlaridek, ularning bir qismini yarmarkaga olib keldik.

Yarmarka tongdan boshlab xaridorlar bilan gavjum.

—Tadbir ko’pqavatli uylar joylashgan mavzeda tashkil etilishi biz uchun qulay bo’ldi,—deydi o’zini Lola Norova deya tanishtirgan xaridor.—Ko’rib turganingizdek, bu erda mahsulot serob va sifatli. Qolaversa, ularning bozordan ancha arzonligidan xur­sand­miz.—Masalan, go’sht­ning kilogramini 17 ming so’mdan, olmani 3 ming so’mdan oldik. Bayram dasturxonini to’kin qilayotgan dehqonlar baraka topishsin.

Yarmarkaning dastlabki uch kunida Buxoro, Vobkent va Qorako’l tumanlari tomonidan 100 tonnaga yaqin mahsulot savdoga chiqarildi.

Ta’kidlash joizki, Buxoro shahridagi "Markaziy", "Dilkusho", "To’qimachilik" va boshqa bozorlarda fermer xo’jaliklari tomonidan go’sht savdosi ham tashkil etilgan.

Yana bir muhim jihat: 2016 yil 2 yanvarigacha davom etadigan bayramoldi yarmarkalari viloyatning olis cho’l hududlari—Gazli shahri, Qizilravot, Jongeldi, Churuq, Zafarobod kabi aholi maskanlarida ham o’tkazilmoqda.

Orqaga Chop Etish  269 |   26-12-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

15-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation