Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Til — millat faxri
Til — millat faxri

Ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida "Til —ma’naviyat ko’zgusi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy kecha o’tkazildi. Viloyat hokimligi, viloyat musiqali drama teatri, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda jamoatchilik vakillari, o’quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

So’zga chiqqanlar o’zbek tilining imkoniyatlari haqida, til millatning ma’naviy xazinasi ekanligi xususida to’lqinlanib gapirdilar.

— Til — millatning ma’naviy boyligi, — deydi tadbir avvalida so’z olgan viloyat hokimligi mutaxassisi F.Abdullaev.—Unga davlat tili maqomining berilishi tilimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu tarixiy voqeaga 27 yil to’ldi. O’tgan vaqt ichida milliy davlatchiligimiz ajralmas qismi sanalgan o’zbek tili hayotimiz mazmuni, xalqimiz iftixoriga aylanib, bu kun bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda. Buning tasdig’ini mazkur sanaga bag’ishlab joylarda o’tkazilayotgan bayram tantanalari, adabiy-badiiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari misolida ham ko’rish mumkin.

—Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarimiz qatorida davlat tili mavqeiga ega bo’lgan ona tilimizga bo’lgan munosabat tamoman o’zgardi. O’zbek tilining mavqei oshdi, —dedi yig’ilganlarni tabriklash uchun so’zga chiqqan BuxDU dotsenti, tilshunos olim B.Qilichev.—O’zbek davlatchiligi va o’zbek xalqi tarixida 1989 yil 21 oktyabr o’ziga xos iz qoldirgan sana hisoblanadi. Aynan shu kuni xalqimizning azaliy orzusi ushalgan, ya’ni o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bu tarixiy voqea tilimizning jahon hamjamiyatidagi mavqeini, obro’-e’tiborini yana bir bor oshirdi. Endigi vazifamiz tilimizni asrab-avaylash, uni keyingi avlodlarga bekamu ko’st etkazishdan iborat.

Viloyatimizning yosh san’atkorlari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi barchada katta taassurot qoldirdi.

Tadbir doirasida viloyat axborot-resurs markazi, Ibn Sino nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi, Buxoro tibbiyot instituti ARMlari tomonidan "Til —millat ko’zgusi" mavzuida ko’rgazma tashkil etildi.

Orqaga Chop Etish  760 |   25-10-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 63
  • Ko`rib chiqilmagan: 24
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-06-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation