Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Hikmatov San'atullo Nusratovich
Hikmatov San'atullo Nusratovich

Viloyat hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari

Tug‘ilgan yili:17.04.1967
Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Romitan tumani
Millati: o‘zbek
Ma’lumoti:oliy

telefon: 223-55-77, faks: 223-05-95

Fuqarolarni qabul qilish kuni va soati : har oyning birinchi dushanba, ikkinchi seshanba va uchinchi payshanba kunlari soat 10:00 dan viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

MEHNAT FAOLIYATI

1984-1986 yy. - Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti talabasi
1986-1988 yy. - Harbiy xizmatda
1988-1991 yy. - Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti talabasi
1991-1993 yy. - Romitan tumani “Romitan” davlat xo‘jaligi brigadasi boshlig‘i
1993-1994 yy. - Romitan tumani “Romitan” jamoa xo‘jaligi pillachilik agronomi
1994-1996 yy. - O‘zbekiston yoshlar tashkiloti Romitan tumani qo‘mitasining ikkinchi kotibi, birinchi kotibi
1996-1997 yy. - “Kamolot” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi raisining o‘rinbosari
1997-1998 yy. - “Kamolot” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi ijrochi direktori
1998-2001 yy. - Romitan tumani “Agrokimyota’minot” davlat hissadorlik jamiyati raisi
2001-2002 yy. - Buxoro viloyati “Qishloqxo‘jalikkimyo” davlat aksiyadorlik birlashmasi Romitan tumani filiali mudiri
2002-2003 yy. - Buxoro viloyati "Qishloqxo‘jalikkimyo" davlat aksiyadorlik birlashmasi raisining o‘rinbosari
2003-2004 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi
2004 yy - Buxoro viloyati o‘simliklarni himoya qilish markazi direktori

 

 

 

Quyidagilar viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi 
masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, viloyat hokimligining Reglamenti, ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha Yo‘riqnoma, mazkur vazifalar taqsimoti va viloyat hokimligining ish rejasi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi majmuiga rahbarlik qiladi. Sohaga daxldor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi qarorlari ijrosini tashkil etadi.
Davlat dasturlarining majmuaga daxldor tadbirlari ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturini amalga oshirish ishlarini alohida nazoratga oladi.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, sohalarni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash bo‘yicha ishlarga rahbarlik qiladi.
Fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalarni rivojlantirish choralarini ko‘radi.
Yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, suv xo‘jaligi qurilishi tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, suvdan tejamli foydalanish, tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
Sohada yagona texnik va texnologik siyosatni amalga oshirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy qilish, paxta, don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini, pillachilikni va chorvachilikni, shu jumladan, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish, naslchilik, zooveterinariya xizmatlari ko‘rsatish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash masalalari bilan shug‘ullanadi.
Qishloq aholisining daromadlarini va turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan kichik biznesni, tadbirkorlikni, kasanachilikni jadal rivojlantirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish bo‘yicha belgilangan tadbirlarni amalga oshirish choralarini ko‘radi. 
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ularni qayta ishlashni rivojlantirish masalalari bilan bevosita shug‘ullanadi. 
Meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik sohasini rivojlantirishni tashkil etadi.
Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloqlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etadi.
Viloyatda qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurash ishlarini tashkillashtiradi.
Viloyat hokimi rahbarligida qishloq va suv xo‘jaligi tizimiga daxldor masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarni tayyorlash ishlarini tashkil etadi. 
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ularni qabul qiladi.

Qishloq va suv xo‘jaligi tizimida ijro intizomini mustahkamlash choralarini ko‘radi.
Biriktirilgan sohalarda kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar beradi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda ishlaydi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari kotibiyatiga rahbarlik qiladi.


Quyidagi komissiyalar, kengashlar va ishchi guruhlari ishiga 
rahbarlik qiladi:

-epidemiyaga qarshi favqulodda viloyat komissiyasi;
-qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasi;
-viloyat qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonini ilmiy asosda tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy kengash;
-viloyat qishloq va suv xo‘jaligi tizimini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar ijrosini tashkil qilish bo‘yicha ishchi guruhlari.


Viloyat hokimligida quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi:

-qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi;
-“Buxoropaxtasanoat xududiy birlashmasi” MChJ;
-“Viloyat mashina-traktor parklari birlashmasi” AJ;
-viloyat “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati;
-Amu Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;
-Amu Buxoro mashina kanalidan foydalanish viloyatlararo boshqarmasi;
-O‘ng qirg‘oq kollektoridan foydalanish viloyatlararo boshqarmasi;
-nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi;
-viloyat gidrogeologiya-melioratsiya ekspeditsiyasi;
-viloyatdagi suv xo‘jaligi tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, buyurtmachi va loyiha tashkilotlari;
-suv xo‘jaligi qurilishi tizimidagi korxonalar (melioratsiya yunalishi );
-“Buxoroqorako‘l” hissadorlik jamiyati;
-“Buxoropilla” birlashmasi;
-“Kogonyog‘” aksiyadorlik jamiyati va “Yevrosnar” korxonasi;
-viloyatdagi parrandachilik xo‘jaliklari;
-Buxoro markaziy o‘rmon xo‘jaligi;
-viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi;
-ovchilar va baliqchilar jamiyatlari;
-“Buxorodonmahsulotlari”, “Kogondonmahsulotlari” va “Qorako‘ldonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatlari (don xarid qilish, urug‘lik bilan ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha);
-viloyatdagi naslchilik va urug‘chilik tashkilotlari;
-viloyat veterinariya boshqarmasi;
-viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi;
-gidrometbyuroning viloyat boshqarmasi;
-viloyat davlat texnika, naslchilik, urug‘chilik, karantin inspeksiyalari;
-“O‘zdavsuvxo‘jnazorat” va “Suvnazorat” inspeksiyalarining viloyat bo‘limlari;
-“O‘zdaverloyiha” institutining viloyat filiali;
-paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro filiali;
-“Shoxrud” aksiyadorlik jamiyati;
-qishloq xo‘jaligiga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, muqobil mashina-traktor parklari va suv iste’molchilari uyushmalari;
-chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik xo‘jaliklari uyushmalari;
-viloyat Fermerlar kengashi
-viloyatdagi fermer xo‘jaliklari.


 

Orqaga Chop Etish  3697 |   05-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation