Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Hamdamov Narzullo Namozovich
Hamdamov Narzullo Namozovich

Viloyat hokimining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo`jaligini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari.

Tug‘ilgan yili: 01.04.1962
 

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Vobkent tumani
 

Millati: o‘zbek 
 

Ma’lumoti:oliy

Tamomlagan:1985 y. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti (kunduzgi)

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: muhandis-quruvchi

MEHNAT FAOLIYATI


1984-1992 yy. - Buxoro viloyat kommunal xo`jalik tresti 3-darajali duradgori, texnika xavfsizligi muhandisi, qurilish laboratoriyasi muhandisi, texnika bo`limi bohlig`i
1992-2000 yy. - "O`zbekgazsanoatqurilish" trestiga qarashli KMK bosh muhandisi
2000-2002 yy. - "Neftgazqurilishta`mir" OAJ 4-son vakilligi boshlig`i
2002-2004 yy. - Buxoro shahar hokimi o`rinbosari
2004-2007 yy. - Buxoro viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo`jalik va obodonlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari
2008-2016 yy. - "Neftgazqurilishta`mir" AJ yer usti inshootlarini loyihalash bo`yicha bosh mutaxassisi 
2016-2017 yy. - Buxoro viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari kotibiyati mudiri
2017-h.v. - Buxoro viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari 

telefon: 224-10-06, faks: 223-05-95, e-mail:

Fuqarolarni qabul qilish kuni va soati: har oyning birinchi seshanba, ikkinchi chorshanba va to`rtinchi payshanba kunlari soat 10:00 dan viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

 

Quyidagilar viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Buxoro viloyati hokimining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Viloyat hokimining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, viloyat hokimligining Reglamenti, ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha Yo‘riqnoma, mazkur vazifalar taqsimoti va viloyat hokimligining ish rejasi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Viloyatda sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligini rivojlantirish majmuiga rahbarlik qiladi. Sohaga daxldor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari va bayonlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi qarorlari, farmoyishlari ijrosini tashkil etadi.
Energetika, neft, gaz korxonalari va boshqa berkitilgan tashkilotlarda iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirishni ta’minlaydi.
Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ta’mirlash, aholiga transport va aloqa xizmati ko‘rsatishni yaxshilash masalalarini muvofiqlashtiradi, yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etishni ta’minlaydi.
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, loyihalashning zamonaviy uslublarini joriy etish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, pudratchi tashkilotlar va qurilish industriyasi korxonalarining ishlab chiqarish hamda iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanadi. 
Manzilli qurilish dasturiga kiritilgan ob’ektlar va qishloqda zamonaviy loyihalar asosida uy-joy qurish ob’ektlarining belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlaydi. 
Kommunal sohani isloh qilish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish ishlariga rahbarlik qiladi. Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi tegishli loyihalarda ishlarning borishini nazorat qiladi.
Ikkilamchi qora va rangli metallarni to‘plash hamda topshirish ishlariga rahbarlik qiladi.
Tumanlar markazlari va shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish va qishloq aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi.
Viloyat, tumanlar markazlari, qishloqlar va aholi punktlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi.
Qishloq aholisining toza ichimlik suvi va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash choralarini ko‘radi.
Viloyat hokimi rahbarligida majmuaga daxldor masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarni tayyorlash ishlarini tashkil etadi. 
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ularni qabul qiladi.
Kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish majmuida ijro intizomini mustahkamlash choralarini ko‘radi.
Biriktirilgan sohalarda kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar beradi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari kotibiyati faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Quyidagi komissiyalar ishiga rahbarlik qiladi:
-yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha viloyat komissiyasi;
-shahar atrofi va shaharlararo, viloyat ichki yunalishlarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish bo‘yicha viloyat komissiyasi;
-shaharlar va aholi punktlarining bosh rejalari inventarizatsiyasini o‘tkazish, ularning markazlarini shakllantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi viloyat komissiyasi;
-kapital qurilishda pudrat savdolari (tender)ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha viloyat komissiyasi;
-qora va rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasi;
Energiya samaradorligini va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha viloyat komissiyasi
-neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha viloyat komissiyasi;
-qishloq aholi punktlarini tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha viloyat komissiyasi;
-aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha viloyat komissiyasi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat tanlov komissiyasi


Viloyat hokimligida quyidagi tashkilotlar va korxonalarning tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi:

-viloyat hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati-injiniring kompaniyasi;
-viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi;
-viloyat davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi;
-viloyat ekspertiza boshqarmasi;
-qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi; 
-“Qishloq qurilishinvest” injiniring kompaniyasi Buxoro filiali; 
-“Buxoroenergomarkaz”, “Issiqlik manbai” aksiyadorlik jamiyatlari;
-viloyatdagi barcha qurilish va yo‘l qurilishi tashkilotlari, buyurtmachi va loyiha idoralari;
-qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqarish korxonalari;
-Yirik sanoat korxonalari
-Buxoro xalqaro aeroporti;
-Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli;
-“O‘zavtodaryotrans” agentligi Buxoro bo‘limi va viloyatdagi transport korxonalari;
-viloyat hokimligi huzuridagi uy joy, kommunal sohasida islohotlarni amalga oshirish departamenti;
-“Ikkilamchiqorametall” va “Ikkilamchiranglimetall” korxonalari;
-Buxoro neftni qayta ishlash zavodi;
-geologiya qidiruv ekspeditsiyalari;
-Kogon va Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmalari;
-“Gazlineftgazqazibchiqarish” boshqarmasi, 5-son kon boshqarmasi;
-“Buxoroneftbazasi” unitar korxonasi;
-“O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zdavenergonazorat” va “Sanoatgeokontexna-zorat” davlat inspeksiyalari Buxoro bo‘limlari;
-“Buxoro ta’mirlash mexanika zavodi”AJ;
-“Buxoro elektr tarmoqlari” AJ;
-Janubiy-G‘arbiy magistral elektr tarmoqlarining Buxoro bo‘limi;
-Buxoro standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi;
-Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi;
-"G‘arbgazta’minot" unitar korxonasi;
-viloyat “Suvoqava” davlat unitar korxonasi;
-viloyatlararo Damxo‘ja suv quvurini ishlatish boshqarmasi.

 

Orqaga Chop Etish  3048 |   05-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

15-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation