Bosh sahifa /  Deputatlar faoliyati /  Senat a’zosi saylandi
Senat a’zosi saylandi

Joriy yil 12 mart kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati, tuman va shahar Kengashlarining qo`shma majlisi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosini saylash masalasi muhokama qilindi.

Qo`shma majlisni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi O. Soatov kirish so`zi bilan ochib berdi.

So`ngra deputatlar qo`shma majlis ishiga raislik qilish uchun 13-Ibn Sino saylov okrugidan xalq deputatlari G`ijduvon tuman Kengashi deputati, O`zLiDeP G`ijduvon tumani Kengashi raisi o`rinbosari B. Ergashev nomzodi saylandi.

Sessiyada “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini saylash tartibi to`g`risida”gi  Nizomning 7-bandiga muvofiq deputatlik faoliyatida katta tajribaga ega bo`lgan, obro`li deputatlar orasidan viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organining har biridan bir vakildan iborat tarkibda Senat a’zoligiga nomzod ko`rsatish bo`yicha Oqsoqollar kengashi tarkibi saylandi.

Yig`ilishda Oqsoqollar kengashi tomonidan 23-Yangihayot saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati,  Vobkent tumani hokimi Askar Nazarovich Javodov nomzodi Oliy Majlis Senati a’zoligiga tavsiya qilindi.

Ushbu masala muhokamasida ishtirok etgan Oqsoqollar kengashi a’zolari, Oliy Majlis Senati a’zosi, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi M. Esanov, 25-Arablar saylov okrugidan xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashi deputati, O`zLeDPning Vobkent tumani Kengashi raisi o`rinbosari B. G`afforov, shuningdek, 23-Po`loti saylov okrugidan Jondor tuman Kengashi deputati R. Safarova, 57-Darg`ali saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati, Qorako`l tumani hokimi M. No`’monovlar tavsiya etilgan nomzodning o`z xizmati va jamoatchilik ishlaridagi faolligi, el orasida munosib obro` qozonganligini e’tirof etishdi.

Shundan so`ng “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida”gi Qonunning 50-moddasiga muvofiq Senat a’zoligiga saylov yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkazildi.

Saylov yakunlari xulosasiga ko`ra A. Javodov ko`pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.

Qo`shma majlis kun tartibida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  1156 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

15-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation