Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Barnoyev O`ktam Isoyevich
Barnoyev O`ktam Isoyevich

 

Buxoro viloyati hokimi.

telefon: 224-41-10, faks: 224-28-85, e-mail: info@buxoro.uz

Fuqarolarni qabul qilish kuni: har oyning birinchi juma kuni soat 10:00 dan viloyat hokimligi binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat).

Tug‘ilgan yili: 04.10.1964 
Tug‘ilgan joyi:Buxoro viloyati, Romitan tumani 
Millati: o‘zbek

MEHNAT FAOLIYATI

1981-1986 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi 
1986-1995 yy. - Buxoro viloyati 6-son qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasining texnik bo‘limi muhandisi, texnik nazorat muhandisi, direksiyasi direktorining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari, direksiyasi direktorining moliyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
1995-1997 yy. - «Amubuxorokanalqurilish» boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari 
1997-2000 yy. - Buxoro viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot va islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2000-2000 yy. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hisob va hisobot uslubiyoti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 
2000-2001 yy. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i
2001-2002 yy. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini sanatsiya qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i 
2002-2004 yy. - Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat kompleksi yetakchi mutaxassisi 
2004-2005 yy. - Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri 
2005-2007 yy. - Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri 
2007-2008 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari 
2008-2010 yy. - Samarqand viloyati hokimi 
2011-2016 yy. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi «O‘zsuvnazorat» respublika suv inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi
2016-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishlok va suv xo‘jaligi vazirligi «O‘zsuvnazorat» respublika suv inspeksiyasi boshlig‘i
2016-2016 yy. - «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
2016 y. – h.v. - Buxoro viloyati hokimi

 

 

Quyidagilar viloyat hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Viloyat hokimi viloyatda oliy mansabdor shaxs bo‘lib, ayni bir vaqtda hududda vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. O‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi.
Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan belgilangan vakolatlar doirasida ijroiya hokimiyati faoliyatini tashkil etadi.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va xalq deputatlari viloyat Kengashi qabul qilgan hujjatlar ijrosini, davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.
Viloyatda qonuniylikni, jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi. Mudofaa, safarbarlik, favqulodda vaziyatlar hamda huquq-tartibot organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bilan bevosita shug‘ullanadi. Kadrlar siyosatini amalga oshiradi.
Viloyatda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini oshirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishga rahbarlik qiladi.
Viloyatda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
O‘z vakolatlari doirasida viloyat hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.
Viloyat hokimligi va viloyatdagi ijroiya hokimiyati organlarida ijro intizomini mustahkamlash choralarini ko‘radi.
Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishni tashkil etadi, ularning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqadi.
Viloyat hokimligi apparatini boshqaradi. Hokim o‘rinbosarlari, viloyat hokimi yordamchisi, hokimlik apparatining tashkiliy-nazorat, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha guruhlari, Axborot-tahlil xizmati, ishlar boshqarmasi, yuridik xizmat va voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga bevosita rahbarlik qiladi.

Quyidagi komissiyalar, kengashlar va ishchi guruhlari ishiga 
rahbarlik qiladi:
-giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘yicha mintaqaviy viloyat komissiyasi;
-O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning fuqarolariga yashash uchun guvohnoma va doimiy ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat komissiyasi;
-yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat komissiyasi;
-viloyatda irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarining joylarda sifatli amalga oshirilishini tashkil etuvchi va nazorat qiluvchi viloyat komissiyasi;
-nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi viloyat hududiy komissiyasi;
-kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha viloyat muvofiqlashtiruvchi kengashi;
-korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirish, iqtisodiy nochor, past rentabelli korxonalarni aniqlash va ularni sog‘lomlashtirish, tarkibiy o‘zgartirish yoki tugatish asosida samarali raqobatga qodir bo‘lgan ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha viloyatdagi tegishli tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash;
-viloyatda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosini tashkil qilish bo‘yicha viloyat komissiyasi;
-Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlarini tashkil etish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi viloyat komissiyasi;
-viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi;
-toponimik ob’ektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasi;
-“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo‘limi vasiylik kengashi;
-viloyatdagi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasi;
-“Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasining viloyat filiali homiylik kengashi;
-toshqinga qarshi kurash bo‘yicha viloyat komissiyasi;
-aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy rivojlangan avlodni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni kuchaytirish va ular samaradorligini oshirish bo‘yicha viloyat komissiyasi;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3434-sonli Farmoni ijrosini tashkil qilish bo‘yicha davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi doimiy ishlaydigan viloyat komissiyasi;
-viloyat ijtimoiy soha ob’ektlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish davriga tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasi;
-viloyat hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha viloyat komissiyasi.


Viloyat hokimligida quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini muvofiqlashtiradi:

- viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi;
- viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Orqaga Chop Etish  7566 |   05-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

15-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation