Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Ibragimova Firuza Baxodirxonovna
Ibragimova Firuza Baxodirxonovna

Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.

telefon: 224-28-65, faks: 223-05-95, e-mail:f.ibragimova@buxoro.uz

Fuqarolarni qabul qilish kuni va soati: har oyning birinchi payshanba va uchinchi dushanba kunlari soat 10:00 dan viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)
 

2018 yil 2 apreldan Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi v.b 

 

Tug‘ilgan yili:24.11.1970 

Millati: o‘zbek

Partiyaviyligi: «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi a’zosi 

Ma’lumoti: oliy

Tamomlagan: 1992 y. Buxoro davlat pedagogika instituti (kunduzgi)

Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):

2015 y. - h.v. – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati


Mehnat faoliyati
 

1987-1992 yy. - Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi
1992-1993 yy. - Buxoro shahar 4-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi
1993-1996 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti «Bioximiya» kafedrasi assistenti, stajyor-tadqiqotchisi
1996-2001 yy. - Buxoro davlat universiteti aspiranti
2001-2002 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti «Biologik va bioorganik ximiya» kafedrasi assistenti
2002-2015 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti «Bioneorganik, bioorganik va biologik ximiya» kafedrasi katta o‘qituvchisi
2015-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi
2018 y. - h.v. - Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi v.b

 

Quyidagilar viloyat hokimining o’rinbosari - viloyat xotin-qizlar qo’mitasi raisining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Viloyat hokimining o‘rinbosari-xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi "O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3434-sonli Farmoni hamda mazkur farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29 iyun 299-sonli qarori mazkur vazifalar taqsimoti asosida faoliyat ko‘rsatadi. 
Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish majmuiga rahbarlikni amalga oshiradi. Idoralar, mahalliy boshqaruv organlari va jamoat tashkilotlarining oilada, davlat va jamiyat qurilishida, jamiyatni demokratlashtirishda ayollarning rolini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Sohaga daxldor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlari ijrosini tashkil etadi.
Ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning kasbiy, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini kuchaytirish yo‘nalishidagi umummilliy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqadi va hayotga joriy qiladi. 
Xotin-qizlar qo‘mitalari va davlat organlarining ayollar bandligi muammosini hal qilish, ularning mehnati va ta’limi sharoitlarini, ayniqsa, qishloq joylarida yaxshilash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha dasturlarning ishlab chiqilishi va hayotga joriy qilinishi bo‘yicha hamkorligini tashkil etadi.
Joylarda (oila, mahallalar, mehnat jamoalari, ta’lim muassasalarida) milliy-diniy an’analarni tushuntirish va ularga rioya qilish, buzg‘unchi kuchlarning xotin-qizlar ongiga ta’sir o‘tkazish, ularni ekstremistik va terroristik faoliyatga jalb etish yo‘lidagi urinishlariga qarshi qaratilgan ishlarni samarali tashkil qiladi.
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda sog‘lom avlodni shakllantirish masalalari bilan shug‘ullanadi. 
Ayollar sporti va oilaviy sportni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi. Qiz bolalarni sportga jalb qilish masalalariga mas’ul bo‘lib hisoblanadi.
Xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi. 
Nosog‘lom oilalar bilan, shu jumladan oila a’zolari turli jinoyatlar, chunonchi, ekstremistik tashkilotlar faoliyatida qatnashganlik uchun hukm etilgan oilalar bilan ishlashga xotin-qizlar tashkilotlarini jalb etadi.
Viloyat hokimi rahbarligida majmuaga daxldor masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarni tayyorlash ishlarini tashkil etadi. 
Biriktirilgan sohada kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar beradi.
Mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning o‘quvlarini tashkil etadi.
Majmuada ijro intizomini mustahkamlash choralarini ko‘radi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ularni qabul qiladi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Hokim o‘rinbosari kotibiyatiga rahbarlik qiladi.


Quyidagi komissiyalar va ishchi guruhlar ishiga rahbarlik qiladi:

-Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tavsiya etish bo‘yicha viloyat komissiyasi. 
 


Viloyat hokimligida quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi:

-viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi;
-“Tadbirkor ayol” uyushmasining viloyat bo‘limi;
-Muruvvat va mehribonlik uylari;
-“Oila” ilmiy amaliy markazi;
-“Oydin nuri” oilani ijtimoiy himoyalash markazi;
-“Olima ayollar” uyushmasi, “Orasta qizlar” to‘garagi.
-mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari.

Orqaga Chop Etish  4661 |   05-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

11-12-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation