Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Nosirov Jamol Shuhratovich
Nosirov Jamol Shuhratovich

Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari

telefon: 224-23-46, faks: 223-05-95,

Fuqarolarni qabul qilish kuni va soati: har oyning ikkinchi dushanba, uchinchi chorshanba va to`rtinchi seshanba kunlari soat 10:00 dan viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

2015 yil 12 yanvardan:
Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.

Tug‘ilgan yili: 12.06.1985 

Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Buxoro shahri

Millati: o‘zbek

Partiyaviyligi: O‘zbekiston Liberal demokrotik partiyasi a’zosi

Ma’lumoti: oliy 

Tamomlagan:
2005 y. Buxoro davlat universiteti (kunduzgi)

2008 y. Buxoro davlat universiteti (kunduzgi)

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, jismoniy madaniyat, sport psixologiyasi.

Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa
saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim)
2014 y. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ќonunchilik palatasi deputati


Mehnat faoliyati

2002-2002 yy. - Buxoro shahar 7-umumiy o‘rta ta’lim maktab laboranti 
2002-2005 yy. - Buxoro shahar 7-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi
2005-2006 yy. - Buxoro shahar hokimligi xalq ta’limi bo‘limi uslubshunosi
2006-2007 yy. - O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Buxoro shahar bosh mutaxassis- vakili
2007-2008 yy. - "Kelajak ovozi" yoshlar tashabbuslari markazi Buxoro viloyati bo‘limi koordinatori
2008-2009 yy. - "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Buxoro viloyati bo‘limi Kengashi raisining o‘rinbosari
2009-2011 yy. - Buxoro viloyati hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi yetakchi mutaxassisi
2011-2011 yy. - Buxoro shahar hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi raxbari
2011-2015 yy. - "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Buxoro viloyati bo‘limi Kengashi raisi
2015-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati 
2017 y. - h.v. - Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
 

 

Quyidagilar viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Yoshlar siyosati sohasida:

yoshlar, ya’ni o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni keyinchalik o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim tizimida o‘qish bilan to‘liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
akademik litseylar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni hududlar kesimida optimal joylashtirish, iste’dodli yoshlarni qamrab olish, o‘quv jarayoni sifatini oshirish;
oliy ta’lim yo‘nalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarining hududlar bo‘yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo‘lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv jarayoni sifatini, o‘quvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko‘rish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o‘zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;
aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko‘rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish, turli to‘garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;
yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;
uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo‘yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o‘rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o‘rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishga ko‘maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;
yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta’minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko‘rish;


Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:

aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand bo‘lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;
sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;
qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to‘liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini, shu jumladan sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo‘lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to‘laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
aholiga tashxis qo‘yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash;
aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el yetakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarda xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;
aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, madaniyat, san’at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mahalla fuqarolar yig‘inlari, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch-osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish;
 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

aholi o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ‘ibot va tashviqotini tashkil qilish;
aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o‘rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
aholining ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o‘sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ‘ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;
hududda sog‘lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni xushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tizimini yo‘lga qo‘yish;
aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;
aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shavqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ‘ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o‘rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish.


quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalarini ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi:

- Viloyat jismoniy-tarbiya va sport boshqarmasi;
- Viloyat madaniyat boshqarmasi; 
- viloyat matbuot boshqarmasi;
- Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi viloyat filiali; 
- Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi; 
- Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi;
- “O‘zbekkino” milliy agentligi viloyat bo‘limi;
- “Rassom” va “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmalari; 
- ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, televideniye);
- Buxoro musiqali drama teatri; 
- Buxoro qo‘g‘irchoq teatri.

Orqaga Chop Etish  3652 |   05-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation