Êàíàë Íîâîñòåé Buxoro.UZ
<language>uz</language>
Mehnat bozori yarmarkasi 
<description>Buxoro shahridagi "Semurg’" sport majmuasida viloyat hokimligi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida mehnat bozori yarmarkasi tashkil etildi. Bu joriy yilda bandlik masalasini hal etishga ko’maklashishga qaratilgan va navbatdan tashqari ilk tadbir bo’ldi. </description>
Innovatsion ta’lim samarasi 
<description>Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, xalq xo’jaligi sohalarida modernizatsiyalash tadbirlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda kadrlar muhim rol o’ynaydi. Shu nuqtai nazardan Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida ta’lim samaradorligiga erishish yo’lida olib borilayotgan izlanishlar va bu borada to’plangan tajriba diqqatga molik.</description>
Biofabrika nimaga qodir? 
<description>"Dashtobod" fermer xo’jaligi tashkil etilgan dastlabki yilda g’o’za nihollari hosilga kirgunga qadar barcha agrotexnik tadbirlar bekami ko’st amalga oshirildi. Faqatgina gullar ko’saklarga aylanayotgan paytda biroz sustkashlikka, beparvolikka yo’l qo’yildi. Aniqrog’i, dalalarda ko’sak qurti paydo bo’lishi bilan vaqtida ularga qarshi kurash choralari ko’rilmadi. Oqibatda hosilning bir qismi zararkunanda hasharotlarga yem bo’lib, kuzda xirmonga putur yetdi... Shu-shu bo’ldi-yu jamoa a’zolari xatodan to’g’ri xulosa chiqarib, biofabrikalar va o’simliklarni himoya qilish otryadlari bilan o’zaro hamkorlikni mustahkamlay boshladilar. Keyingi yillarda hosil barakasiga baraka qo’shilaverdi.</description>
Paxtachilik istiqboli yo’lida 
<description>O’zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro filiali viloyatimizda paxta, g’alla va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarining yangi navlarini yaratish, urug’chilikni rivojlantirish, agrotexnologiyalarini ilmiy asosda ishlab chiqish, tuproq unumdorligini oshirish borasida keng ko’lamdagi tadqiqotlarni amalga oshirmoqda. </description>
Oq yo’l, yigitlar!
<description>Ayni kunlarda joylarda mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 12 yanvarida qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o’tab bo’lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo’shatish to’g’risida"gi qaroriga muvofiq yoshlarni Qurolli Kuchlar safiga kuzatish davom etmoqda.</description>
Faoliyat kengaymoqda
<description>Qorako’ldagi "Sevinch" savdo-ishlab chiqarish firmasi rahbari, oliy ma’lumotli iqtisodchi Gulnora Sevinchovaning tadbirkorlikka qo’l urganiga o’n uch yildan oshdi. U 1998 yili firma tashkil etgach, savdo-sotiq bilan shug’ullandi. Keyinchalik esa daromadi hisobiga ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga bel bog’ladi. Tuman qishloq xo’jalik mahsulotlari tayyorlash korxonasining foydalanilmay yotgan binosini ijaraga oldi. Bu yerda Rossiyadan keltirilgan yigiruv dastgohlari o’rnatildi. </description>
"Buxoro": mavsum tadorigi
<description>O’tgan yilgi mamlakat chempionati "Buxoro" uchun murakkab kechdi. Ikkinchi davraning dastlabki 9 uchrashuvini juda bo’sh o’tkazgan komanda oliy ligadan tushib ketishi deyarli aniq bo’lib qolgani esimizda. Bosh murabbiy Genaddiy Kochnev o’rniga tayinlangan 33 yoshli mahalliy mutaxassis Jamshid Saidov o’yin intizomini mustahkamlashi, to’g’ri taktika tanlashi tufayli so’nggi to’rt turda vaziyat o’nglandi va jamoa chempionatni 8-o’rin bilan yakunladi. Lekin har holda intihosi yoqimli o’tgan mavsumning achchiq saboqlari ham bor. Bu o’rinda tarkib barcha chiziqlarini kuchaytirish, zaxira o’rindig’ini munosib o’yinchilar hisobiga kengaytirish muhimligi nazarda tutilayapti. Bosh murabbiy va uning shtabi klub hamkorligida mavsumga tayyorgarlikda ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratdi.</description>
Kafolatlangan urug’liklar
<description>"Buxoro paxta urug’chiligi" mas’uliyati cheklangan jamiyati urug’lik chigit tayyorlashda viloyat korxonalari ichida yetakchi mavqega ega. Korxona ishchi-mutaxassislari zimmasida G’ijduvon, Romitan, Shofirkon, Buxoro, Kogon, Peshko’, Jondor tumanlaridan keltirilgan urug’lik chigitni saralash, tuksizlantirish, dorilash va qoplash vazifasi turibdi. Ular joriy yil hosili uchun "Buxoro-6", "Buxoro-8", "Buxoro-102" va "Jondor Qudrati" navlaridan 3302 tonna yuqori sifatli, davlat standartlariga to’liq javob beradigan urug’lik chigitni belgilangan muddatlarda tayyorlab berish uchun astoydil harakat qilishmoqda.</description>
Qarzdorlikning javobgarligi bor
<description>Xalqimizda "Nasiya yema etni, qizartirar betni", degan ibratli maqol bor. Darhaqiqat, bir necha ming yillik hayotiy tajribasi mahsuli sifatida dunyoga kelgan ushbu hikmatni tahlil qilar ekanmiz ajdodlarimiz tomonidan qarzdorlik, o’zganing haqqiga xiyonat qilish eng uyatli illatlardan biri sifatida baholanganligining guvohi bo’lamiz. Qarz xoh u biror muayyan shaxs yoki davlat omonati bo’lsin, uni qaytarish, albatta, majburiydir. Ammo afsuski, bugun oramizda ana shu oydin haqiqatni biryoqlama talqin qiladigan, birov nasiyasidan farqli o’laroq davlat haqini qaytarishni paysalga solayotgan yoki butunlay bo’yin tovlayotgan kimsalar ham uchrab turibdi. Aynan shundaylar befarqligi oqibatida viloyatimiz miqyosida yetkazilgan tabiiy gaz va elektr energiyasi bo’yicha qarzdorlik bir necha yuz milliard so’mni tashkil etmoqda. </description>
Layoqatlilarga ish, ehtiyojmandga yordam
<description>Qorovulbozor tumanida 14800 nafar aholi istiqomat qilayapti. Shundan mehnatga layoqatli fuqarolar 7283 nafarni tashkil etadi. Tumanda ular uchun yangi ish o’rinlari yaratish, aholining ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy yordam ko’rsatish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayapti. </description>